02/07/2021

2021-  yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,6 foiz, 2022 yilda esa 6 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» hisobotida keltirilgan.

ETTB ekspertlarining qayd etishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari — xizmatlar, sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi — 2021-  yilda o‘sishga erishadi.

Markaziy Osiyoda tiklanish jarayoni barcha davlatlarda bir darajada ketmayotgan bo‘lsa-da, mintaqa bo‘yicha umumiy prognoz yaxshi tomonga qayta ko‘rib chiqilgan. 2021 va 2022-  yillarda mintaqada iqtisodiy o‘sish 4,5 foizni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Bu xomashyo narxlari o‘sishi va xalqaro pul o‘tkazmalari tiklanishi hisobiga amalga oshishi aytib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, bu prognozlar hozirgi holatdan kelib chiqib, optimistik qarashlar natijasida shakllantirilgan.