05/07/2021

Shu kunlarda viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan idora, tashkilot va muassasalarda aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga bag‘ishlab uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.  O‘tkazilishi belgilangan tadbirning keng qamrovliligi e’tiborga olinib  butun jamoatchilikni undan xabardor qilish maqsadga muvofiqdir.  Bugun, 5- iyul kuni hududlardagi statistika idoralari mutaxassislari tomonidan  Qo‘shko‘pir, Gurlan va Yangiariq tumanlari Fermerlar kengashlarida hamda Qo‘shko‘pir tumanidagi “Yovg‘ir” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot  uchrashuvlari tashkil etildi

O‘tkazilgan  mazkur uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-  yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

 

                                                                                Axborot xizmati