2023- yilning yanvar-avgust oylarida  Bog‘ot tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 444,0 mlrd so‘mga teng bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,1 %ni tashkil qilgan.

Gurlan tumanida joriy yilning yanvar- avgust oylarida 155,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, umumiy hajmning 51,6 %i (80,0 mlrd so‘mi) norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Xiva shahriga 2023- yilning yanvar-avgust oylarida xorijiy davlatlardan 11,7 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilingan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Hazorasp tumanining bozor xizmatlari hajmi 595,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning  8 oyi yakunlariga ko‘ra, Urganch shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 950,1 mlrd so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, viloyat umumiy hajmidagi ulushi 26,9 %ga teng bo‘lgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizdagi sanoat korxonalari tomonidan 70,3 mlrd so‘mlik rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan viloyatimizga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari umumiy hajmning 36,8 %ini yoki 141,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2023- yilning 8 oyi yakunlariga ko‘ra viloyatimiz xorijga qiymati 25,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan turli xil tayyor buyumlar eksportini amalga oshirgan.

Xorazm viloyatida 2023- yilning  yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyatida 735 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

2023- yilning 1- oktabr holatiga  Xorazm viloyatida qurilish sohasida jami 1 785 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Joriy yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 2 762 tani tashkil qildi.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizdan xorijiy davlatlarga 1,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar eksport qilinib, 2022- yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 2,4 marta ko‘paygan.

2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat sanoatida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 80,2 mlrd so‘mga (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,6 % iga) to‘g‘ri keldi.

2023- yilning 1- oktabr holatiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan 24 243 ta tadbirkorlik subyektining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra tarkibida eng yuqori ulush mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 57,5 % (13 942 ta)ni tashkil qilgan.

Open Data Watch tashkilotining so‘ngi hisobotida O‘zbekiston “Ochiq Gender ma’lumotlari indeksida” 69,7 ball to‘plagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi.

Respublika bo‘yicha  2023-yil 1-oktabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 217 091 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

Qo‘shko‘pir tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi joriy yilning yanvar-avgust oylarida 23,0 mln AQSH dollarini tashkil etgan va 2022- yilning mos davriga nisbatan 73,2 %ga oshgan.

Shovot tumanida shu yilning yanvar- avgust oylarida 164,1 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.