2024- yilda  viloyatda 4 039 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 3 646 tasi kichik biznes subyektlaridir.

Viloyat bo‘yicha 2024- yilning yanvar-mart oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 322,8 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 8,5 % ga o‘sdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 5 265,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 104,1 % ni tashkil etdi.

Xorazm viloyatida 2024- yil yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalari hajmi 2 489,6 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 137,0 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida  viloyat bo‘yicha 9 628 ta bola tug‘ilganligi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda  1000 nafar aholiga nisbatan tug‘ilish koeffitsiyenti 19,4 promilleni tashkil etdi.

Viloyatda 2024- yilning 1- aprel holatiga aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 331 kishi to‘g‘ri kelgan.

2024- yilning  1- aprel holatiga qurilish sohasida  faoliyat yuritayotgan 1 610 ta korxona va tashkilotning 1 592 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil qilgan.

2024- yilning  yanvar-mart oylarida  viloyatimizda 174 ta yangi xususiy korxona tashkil etilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz bo‘yicha 122,4 mlrd so‘mlik yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Xonqa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 177,2 mlrd so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 %ga o‘sgan.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatda  ko‘rsatilgan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 81,0 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 %ga oshgan.

Joriy yilning 1- aprel holatiga Xonqa tumanida 2 596 ta korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 1 998 tasi faoliyat olib borgan.

2023-2024- o‘quv yili boshiga Xorazm viloyatida 15 ta nodavlat umumta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.

2024- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 63,0 % ni, hajmi 4 648,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-mart oylarida Xorazm viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining umumiy hajmi 1 215,6 mlrd so‘mni tashkil etib, umumiy hajmning korxona turlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

2023-2024- o‘quv yili boshiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim tashkilotlarida 372,2 ming nafar o‘quvchi ta’lim olgan.

2024- yilning 19- aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tizimda korrupsiya bilan bog‘liq holatlarning oldini olish va bu bo‘yicha mavjud qonunchilik normalaridan xabardor qilishga qaratilgan vebinar bo‘lib o‘tdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning 1- aprel holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.