2021- yil yanvar-sentabr oylarida asosiy  kapitalga investitsiyalarning  86,2 % yoki 4 937,5 mlrd.so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari orqali  o‘zlashtirildi.

2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini yalpi ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020- yil yakunlariga ko‘ra respublika bo‘yicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil bo‘lgan jami chiqindilar miqdori 125,6 mln tonnani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida 29 031 ta nikohdan ajralishlar qayd etilgan.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 900,5 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 925,8 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari  ishlab chiqarildi.

Viloyatda 2021- yilning 1- oktabr holatiga   21 731 ta tijorat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan. 2020- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 3 797 taga oshgan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat xorijga umumiy qiymati 82,0 mln. AQSh dollarlik sanoat tovarlari eksportini amalga oshirgan.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida  viloyat sanoatida  1 108,1 mlrd.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Sanoat ishlab chiqarish tarkibidagi ulushi 16,7 % ni tashkil qilgan.

Aholini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etilishi ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshiruvchi xodimlar, ya’ni ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i, o‘rinbosari, statsionar ro‘yxatga oluvchi hamda ro‘yxatga olish ishlarini bajaruvchi xodimlarning zimmasidagi vazifani mas’uliyat bilan to‘g‘ri va to‘liq bajarishiga bevosita bog‘liqdir.

2021- yilning 1-25- noyabr kunlari  respublikamizning tanlab olingan 4 ta hududi - Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. 

Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati 135,2 % ga o‘sib, Xorazm viloyatida kuzatildi.

Viloyatda 2021- yilning 1- oktabr holatiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar soni 2 730 tani tashkil qilgan.

Viloyatda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan oshganligi kuzatildi.

2021- yil yanvar-sentabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 269,1 mlrd. so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 4,4 % ni tashkil etdi. 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 168,4 % ni  tashkil etdi.

2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini yalpi ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

2020/2021- o‘quv yili boshiga mamlakatimizda qishloq joylarda joylashgan umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning jami soni 2958,8 ming nafarni tashkil etib, ulardan 1461,7 ming nafari (49,4 %) qizlar va 1497,1 ming nafari o‘gil bolalar (50,6 % ) dan iborat.