2025- yilning yanvar-dekabr oylarida Qoʻshkoʻpir tumanida hajmi 1 951,8 mlrd soʻmlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu koʻrsatkich viloyat umumiy hajmining 10,6 %ini tashkil etgan.
2024- yilning shu davri bilan solishtirilganda tumanda chorvachilik mahsulotlari hajmining 0,7 % ga oshgani kuzatilgan.
Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining tarkibi:
goʻsht (tirik vaznda) – 27,9 ming tonna
sut – 116,4 ming tonna
tuxum – 32,0 mln dona
ovlangan baliq – 3,9 ming tonna.

Axborot xizmati



