2026-yilning yanvar oyida Xorazm viloyati chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi 70,3 % ni tashkil qildi.
Koʻrilayotgan davrda ushbu sektor tomonidan amalga oshirilgan tovar aylanmasi hajmi 1 196,7 mlrd soʻmni tashkil etib, shundan 313,3 mlrd soʻmi uyushmagan savdo tovar aylanmasi hissasiga toʻgʻri keldi.
2025-yilning mos davriga nisbatan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi 10,1 % ga oshdi.

Axborot xizmati



