Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 6-mart kuni qonun hujjatlarning targʻiboti orqali xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalarining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish harakatlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VM-85-son qarorining mazmuni va ahamiyati tanishtirildi.
Shuningdek, boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov mazkur qaror asosan ishlab chiqilgan “Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish boʻyicha I va II toifalarga mansub sanoat korxonalarining atrof tabiiy muhitga taʼsirini kamaytirish harakatlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” qoidalari xususida maʼlumot berib oʻtdi.
Axborot xizmati



