12/03/2026

2025- yilning yanvar-dekabr oylarida Yangiariq tumanida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 765,9 mlrd soʻmlik investitsiya oʻzlashtirilgan.

2024-yilning 12 oyi bilan taqqoslaganda, oʻsish surʼati 134,9 % ni tashkil qilgan.

Markazlashmagan investitsiyalar tarkibida:

korxonalarning oʻz mablagʻlari – 24,0 mlrd soʻmni,

toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 486,2 mlrd soʻmni,

aholi mablagʻlari – 248,4 mlrd soʻmni,

bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari – 7,2 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati