Joriy yilning 13- martida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi hamda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilab berilgan huquqiy normalarga ish faoliyatida amal qilish zarurligi uqtirildi.
Xususan, boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan tushuntirishlar davomida davlat statistika dasturida bedgilangan hisobotlarni qabul qilishda har qanday negativ holatlarni oldini olish va qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻymaslik, tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan konsalting xizmatlarini mavjud yoʻriqnomalar asosida tashkil etish lozimligiga alohida urgʻu berildi.


Axborot xizmati



