14/03/2026

Shu yilning 13-14-mart kunlari mamlakatimiz boʻylab keng koʻlamli umumxalq hashari boʻlib oʻtmoqda. Bu yilgi hashar "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati statistika boshqarmasining xodimlari Urganch tumanidagi “Shodlik” mahallasiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi. Shu bilan bir qatorda hududdagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar.
Jamoaning hamjihat va uyushqoqlikdagi mehnati natijasida koʻcha va yoʻlaklar tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi, binoning ichki xonalari saranjom-sarishtalandi.

 

Axborot xizmati