Joriy yilning 19- mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda ishtirokchilarga Prezidentning “Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-103-sonli (2026-yil 13-martdagi) qarori tanishtirildi.


Qarorning asosiy maqsadi har 3 yilda milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirishni yoʻlga qoʻyish, bunda oʻqitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish va xorijiy tajriba asosida statistika uslubiyotini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirishdan iboratdir.
Axborot xizmati



