2026-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda 1 283 ta kichik biznes subyekti yangi tashkil etildi.
Oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda, ularning soni 101 taga koʻp.
Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra, yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarining tarkibi quyidagicha:
savdo – 370 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 363 ta
sanoat – 171 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 82 ta
tashish va saqlash xizmatlari – 69 ta
qurilish – 39 ta
axborot va aloqa xizmatlari – 29 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish – 18 ta
boshqa turlari – 142 ta.

Axborot xizmati



