2026-yilning yanvar oyida Qoʻshkoʻpir tumanida faoliyat yuritayotgan 329 ta sanoat korxonasining ishlab chiqarish hajmi 97,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.
2025-yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 116,5 % darajada qayd etildi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 520,1 ming soʻmni tashkil qildi ( oʻsish - 14,5 %).
Koʻrilayotgan davrda tumanda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 44,8 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, umumiy hajmdagi ulushi 46,1 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati



