2026-yilning yanvar oyida Xonqa tumanida 117,4 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatildi va oʻsish surʼati oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 113,8 % ni tashkil etdi.

Xizmatlar umumiy hajmining 21,5 % ulushi yoki 25,2 mlrd soʻmi moliyaviy xizmatlar hissasiga toʻgʻri keldi.
2025-yilning yanvar oyi bilan taqqoslaganda, tumanda moliyaviy xizmatlar hajmining oʻsish surʼati 121,7 % ni tashkil qildi.
Maʼlumot uchun: viloyat boʻyicha koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar tarkibida Xonqa tumanining ulushi 5,8 % ni tashkil etdi.
Axborot xizmati



