26/03/2026

2026-yilning yanvar oyida Urganch shahrida jami hajmi 51,0 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish 12,6 % ni tashkil etdi.

 

Korxona turlariga koʻra tarkibda:

yirik tashkilotlar tomonidan – 10,3 mlrd soʻmlik,

kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan – 28,8 mlrd soʻmlik,

norasmiy sektorda – 11,9 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

2025-yilning yanvar oyiga nisbatan qurilish ishlarining eng yuqori oʻsishi kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatida kuzatilgan va 22,0 % ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati