31/03/2026

2026-yilning 30-mart kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida huquqiy savodxonlikni oshirish boʻyicha navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.
Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan seminarda ishtirokchilarga joriy yilning 13-martida qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-99- sonli Prezident qarori tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov qarorning mazmun-mohiyati va amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan oʻzgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirish berib oʻtdi, shuningdek, joriy yilning  mart oyida qonunchilikdagi yangiliklar boʻyicha axborot berdi.

Axborot xizmati