Dastlabki maʻlumotlar boʻyicha, viloyatimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning oʻrtacha hajmi 2 335,1 ming soʻmga toʻgʻri kelgan va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 104,1 % ni tashkil qilgan.
Hududlar boʻyicha eng yuqori hajm Tuproqqalʻa tumanida (27 125,3 ming soʻm) va Urganch shahrida (4 595,9 ming soʻm) qayd etilgan.
Oʻsish surʼatining viloyat koʻrsatkichidan yuqori natijasi Gurlan (111,9 %), Qoʻshkoʻpir tumanlari (111,3 %), Xiva shahrida (110,8 %), Urganch (109,6 %) va Hazorasp tumanlarida (109,6 %) kuzatilgan.

Axborot xizmati



