2025/2026-oʻquv yilining boshiga Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 600 tani tashkil etgan.

Shundan 26 tasi (4,3 %) nodavlat umumtaʼlim tashkiloti hisoblanadi.
Koʻrilayotgan davrda umumtaʼlim tashkilotlarida 377,4 ming nafar oʻquvchi tahsil olgan.
Maʼlumot oʻrnida: 2025/2026-oʻquv yilining boshiga respublika boʻyicha 11 118 ta umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatgan.
Axborot xizmati



