2026-yilning dastlabki 2 oyida Xonqa tumanida 72,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 101,3 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlarining asosiy qismi norasmiy sektor tomonidan bajarilgan va 36,2 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Ushbu sektor tomonidan bajarilgan ishlar hajmida 132,5 % oʻsish surʼati qayd etilgan.
Shuningdek, tumandagi qurilish ishlari umumiy hajmining 1,8 mlrd soʻmi yirik korxonalar, 34,2 mlrd soʻmi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Axborot xizmati



