15/04/2026

2026- yilning yanvar-fevral oylarida Urganch shahrining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 664,5 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 30,0 % ga oshdi.

Viloyat chakana savdo umumiy hajmida hududning ulushi 24,9 % ni tashkil qildi.

Aholi jon boshiga savdoning oʻrtacha hajmi 4 237,8 ming soʻmga toʻgʻri keldi (oʻsish – 28,0 %).

 

Axborot xizmati