2026- yilning yanvar-fevral oylarida Xiva shahrida 39,5 mlrd soʻmlik taʼlim xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻsish oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 71,8 % ni tashkil qilgan.
Bu viloyat boʻyicha eng yuqori oʻsish koʻrsatkichidir.
Maʼlumot uchun: koʻrilayotgan davrda viloyatimiz boʻyicha 191,9 mlrd soʻmlik taʼlim xizmatlari koʻrsatilgan va oʻsish 2025-yilning yanvar-fevral oylari bilan taqqoslaganda, 28,5 % ni tashkil etgan. Viloyat taʼlim xizmatlari umumiy hajmida Xiva shahrining ulushi 20,6 % ni tashkil qilgan.

Axborot xizmati



