24/04/2026

2026-yilning yanvar-mart oylarida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga 450,9 mlrd soʻmlik investitsiya oʻzlashtirilgan boʻlib, oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 69,8 % ga oʻsgan.

Tuman asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari boʻyicha tarkibida:

respublika byudjeti mablagʻlarining ulushi – 1,9 %

korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari – 1,2 %

aholi mablagʻlari – 17,4 %

xorijiy investitsiya va kreditlar – 75,2 %

suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari – 2,4 %

tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari – 1,8 % ulushga ega boʻlgan.

 

Axborot xizmati