24/04/2026

2026-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 2 048 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan boʻlsa, shundan 2 031 tasi kichik tadbirkorlik subyekti hisoblanadi.

Yangi tashkil topgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni  2025-yilning yanvar-mart oylarida nisbatan 308 taga yoki 17,9 % ga koʻpaygan.

Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori oʻsishi qayd etilgan hududlar:

Yangiariq tumanida - 72,0 %

Shovot tumanida - 47,7 %

 Hazorasp tumanida - 47,1 %

 Urganch tumanida - 32,3 %.

 

Axborot xizmati