Joriy yilning 24-aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida fuqarolk jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-288-sonli 2025-yil 18-sentabrda qabul qilingan Prezident Qarorining maqsadi, mazmun-mohiyati, qarorga asosan korrupsiyaviy holatlarga qarshi kurashish boʻyicha har bir davlat idora va tashkiloti xodimlarining zimmasiga yuklatiladigan vazifalar xususida maʼlumot berib oʻtdi.
Shu bilan bir qatorda barcha xodimlar viloyat statistika boshqarmasining 2026-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirildi.


Axborot xizmati



