29/04/2026

Viloyatimizda 2026-yilning yanvar-mart oylarida hajmi 522,9 mlrd soʻmlik fuqarolik obyektlari qurilishi ishlari bajarildi.

Bu jami qurilish ishlarining 15,3 % ulushini tashkil qiladi.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qurilish ishlari 3,4 % ga oshgan.

Fuqarolik obyektlari qurilishining 186,0 mlrd soʻmi yirik tashkilotlar, 336,9 mlrd soʻmi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri keldi.

 

Axborot xizmati