04/05/2026

Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3 469,3 mlrd soʻmni yoki umumiy hajmidagi ulushi 65,9 % ni tashkil etdi.

Oʻsish surʻati 2025- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 145,4 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmidagi eng yuqori ulushi Xiva shahri (98,6 %), Qoʻshkoʻpir (96,1 %), Shovot (91,9 %) va Tuproqqalʻa (90,6 %) tumanlariga toʻgʻri keldi.

 

Axborot xizmati