Xonqa tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirish hajmi 2025-yilning 1- choragiga nisbatan 6,6 % ga oshdi va 489,7 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Bu koʻrsatkich viloyat boʻyicha eng yuqori oʻsish darajasi sifatida qayd etildi.
Tumanda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 5,0 %i (24,7 mlrd soʻmi) dehqonchilik, 95,0 %i (465,0 mlrd soʻmi) chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Axborot xizmati



