15/05/2026

2026- yilning yanvar-mart oylarida Xiva shahrida  663,5  mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda oʻsish surʻati 155,7 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan va 410,2 mlrd soʻmni yoki 61,8 % ulushni tashkil etgan.

Shuningdek, yuqori hajmga taʼlim (70,9 mlrd soʻm), savdo (58,5 mlrd soʻm), moliyaviy (19,4 mlrd soʻm), yashash va ovqatlanish xizmatlari (34,6 mlrd soʻm) ega boʻlgan.

 

Axborot xizmati