2026- yilning yanvar-mart oylarida Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari tomonidan hajmi 1,3 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Bu viloyat umumiy hajmining 15,4 % ulushini tashkil etadi.
2025-yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,2 % ni tashkil qilgan.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 8 012,7 ming soʻmga teng boʻlgan.
Maʼlumot oʻrnida: joriy yilning 1-aprel holatiga Urganch shahrida 690 ta sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatgan.

Axborot xizmati



