20/05/2026

2026- yilning 1-may holatiga viloyatimizda faoliyat koʻrsatayotgan 28 566 ta korxonaning 31,3 % ulushi savdo tarmogʻi hissasiga toʻgʻri kelgan.

Savdoda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 8 948 tani tashkil etib, 2025-yilning 1-mayiga nisbatan 805 taga oshgan.

Shuningdek, hisobot davrida korxonalar umumiy sonida sanoat (13,5 %) hamda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (13,1 %) sohalari salmoqli ulushga ega boʻlgan.

 

Axborot xizmati