2026- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda 2 745 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Sohalar kesimida eng koʻp yangi korxona qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (738 ta), savdo (694 ta) hamda sanoat (440 ta) yoʻnalishlarida tashkil etilgan.
Hududlar kesimida Urganch shahri (401 ta), Urganch tumani (255 ta), Shovot tumani (252 ta) hamda Bogʻot tumani (242 ta) yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha yetakchilik qilgan.

Axborot xizmati



