2026- yilning yanvar-mart oylarida Urganch tumanida 287,5 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Shundan 103,5 mlrd soʻmi yoki 36,0 %i norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri kelgan.
Bu koʻrsatkich viloyatda ushbu sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori hajmi sanaladi.
2025-yilning yanvar-martiga nisbatan tumanda norasmiy sektorning qurilish ishlari hajmi 29,5 % ga oshgan.
Maʼlumot oʻrnida: 2026-yilning yanvar-mart oylarida viloyat boʻyicha 1 604,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.

Axborot xizmati



