Joriy yilning yanvar-mart oylarida Gurlan tumanida 267,6 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, 2025- yilning shu davriga nisbatan 18,9 % oʻsish qayd etilgan.
Tumanda xizmatlar umumiy hajmining oʻsishiga:
sogʻliqni saqlash xizmatlarining – 83,7 %
taʼlim xizmatlarining – 61,5 %
ijara xizmatlarining – 33,0 %
savdo xizmatlarining – 20,6 % oshgani ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Maʼlumot oʻrnida: 2026-yilning yanvar-mart oylarida tumanda eng yuqori hajm transport xizmatlariga toʻgʻri kelgan va 99,1 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Axborot xizmati



