22/05/2026

Joriy yilning 22- may kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar targʻibotiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi (2021- yil 11- avgustdagi) OʻRQ-707-sonli Qonuni, unda tizim xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va ularning ijrosi boʻyicha soʻz yuritildi.

Shu bilan birgalikda 2025-yilning 24-fevralida qabul qilingan “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-sonli Prezident farmoniga asosan statistika dasturlarini bajarish, tanlanma kuzatuvlarni oʻtkazish va belgilab berilgan boshqa talablar boʻyicha bugungi kunda qilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan mamlakatimiz qonunchiligidagi boshqa yangiliklar xususida zarur maʻlumotlar berildi.

Axborot xizmati