02/06/2026

2026- yilning  1-may holatiga viloyatimizda  tashish va saqlash xizmatlari boʻyicha 1 484 ta kichik biznes subyekti roʻyxatdan oʻtgan.

Shundan  1 139 tasi (76,8 %) faoliyat yuritgan.

Hududlar kesimida ushbu sohada eng koʻp kichik biznes subyekti Hazorasp tumanida (329 ta), Urganch shahri (201 ta), Xonqa (133 ta) va Urganch (110 ta) tumanlarida faoliyat koʻrsatgan.

Joriy yilning yanvar- aprel oylarida viloyat boʻyicha tashish va saqlash xizmatlari boʻyicha yangi tashkil etilgan  kichik biznes subyektlari soni  140 tani tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati