Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan):
sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,1 % ga oʻsdi
qurilish ishlari hajmi 31,8 % ga oʻsdi
chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 22,7 % ga oʻsdi
bozor xizmatlari hajmi 18,0 % ga oʻsdi
tashqi savdo aylanmasi hajmi 9,5 % oʻsdi, shundan eksport – 20,9 % oʻsdi
import – 1,1 % ga kamaydi
2026-yil 1-may holatiga viloyatda 28 566 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklaridan tashqari), shundan 25 041 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.

Axborot xizmati



