08/06/2026

Viloyatimizda yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2026-yilning yanvar-aprel oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 994,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,3 marta koʻpayib, ularning umumiy hajmdagi ulushi 21,7 % ni tashkil etdi.

Hududlar kesimida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan eng koʻp qurilish ishlari  Xiva (231,1 mlrd soʻm), Xonqa (195,5 mlrd soʻm), Hazorasp (124,8 mlrd soʻm) tumanlari hamda Urganch shahrida (140,7 mlrd soʻm) amalga oshirilgan.

 

 Axborot xizmati