24/06/2026

2026-yilning yanvar-aprel oylarida Urganch shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 1 407,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich viloyat chakana savdo hajmining 28,6 % ulushini tashkil etadi.

2025-yilning yanvar-aprel oylari bilan solishtirganda, savdo hajmining  22,7 % ga oʻsishi kuzatilgan.

Urganch shahri boʻyicha aholi jon boshiga oʻrtacha chakana savdo  3 072,3 ming soʻmga toʻgʻri kelgan (oʻsish 20,6 %).

Maʼlumot oʻrnida: 2026-yilning 1-may holatiga shaharda 1 117 ta tijorat korxonasi chakana savdo sohasida faoliyat yuritgan.

Axborot xizmati