2026-yilning 4 oyida Yangibozor tumani xorijiy davlatlarga qiymati 26,5 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan.
Bu hajm viloyat eksportining 17,2 % ulushiga tengdir.
2025-yilning yanvar-aprel oylari bilan taqqoslaganda, eksportning 93,8 % ga koʻpaygani kuzatilgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Yangibozor tumani eksportining 92,8 %ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari eksportida Afgʻoniston (34,1 %), Rossiya (30,1 %), Eron (25,2 %), Pokiston (6,5 %) davlatlarining ulushi yuqori boʻlgan.

Axborot xizmati



