2026-yilning yanvar–may oylarida viloyatimizda 3 205 ta korxona va tashkilot yangi tashkil etilgan. 2025-yilning shu davriga nisbatan ushbu koʻrsatkich 112 taga oshgan.
Hududlar kesimida eng koʻp yangi korxona va tashkilot Urganch shahri (468 ta), Urganch (316 ta), Bogʻot (299 ta), Shovot (273 ta) va Yangiariq (265 ta) tumanlarida tashkil etilgan.
Sohalar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (832 ta) hamda savdo (815 ta) faoliyat turlariga toʻgʻri kelgan.

Axborot xizmati



