25/06/2026

Joriy yilning  yanvar-aprel oylarida Qoʻshkoʻpir tumanida 125,0 mlrd soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatilgan (shundan 124,4 mlrd soʻmi avtotransport xizmatlari) va 2025-yilning yanvar-apreliga nisbatan 16,6 % ga oʻsish kuzatilgan.

Jami xizmatlar tarkibida transport xizmatlarining ulushi 32,9 % ni tashkil qilgan.

Maʼlumot oʻrnida: 2026-yilning 4 oyida viloyatimizda umumiy hajmi  2 670,7 mlrd soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatilib, shundan 4,7 %i Qoʻshkoʻpir tumani hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

 Axborot xizmati