Xiva shahrida shu yilning yanvar-may oylarida 192,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi va oʻtgan yilning 5 oyi bilan taqqoslaganda, 9,0 % ga oʻsish qayd etildi.
Viloyatning umumiy hajmida hududning hissasi 3,6 % ni tashkil etdi.
Bajarilgan qurilish ishlari tarkibida kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi yuqori boʻlib, ular tomonidan koʻrilayotgan davrda 128,3 mlrd soʻmlik, yaʼni umumiy hajmning 66,7 %ini tashkil qilgan ishlar bajarilgan.
Shuningdek, qurilish ishlarining 16,5 mlrd soʻmi yirik tashkilotlar, 47,5 mlrd soʻmi esa norasmiy sektor hissasiga toʻgʻri kelgan.

Axborot xizmati



