2026-yilning 26-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida seminar boʻlib oʻtdi.
Xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan seminarda ishtirokchilarga joriy yilning 24-iyunida qabul qilingan Prezidentning “mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-116-sonli Farmoni tanishtirildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov Farmonning mazmun-mohiyati va amaliyotga tadbiq etilishi bilan kiritilayotgan oʻzgarishlar, xususan mahalla institutini mustaqil va xalqchil tuzilmaga, jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, uning nufuzi va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirish berib oʻtdi.

Axborot xizmati



