24/07/2026

Joriy yilning 24- iyul kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar boʻlib oʻtdi.


Boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish boʻyicha bosh mutaxassisi A.Jumaniyozov xodimlarni “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (2017- yil 3- yanvar) hamda “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan PF-270-sonli Prezident Farmonining asosiy mazmun-mohiyati  bilan tanishtirib, ushbu normativ hujjatlarning ijrosi yuzasidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida toʻxtalib oʻtdi.



Axborot xizmati