2026-yil 1-iyul holatiga viloyatimizning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida 16 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan.

Hududlar boʻyicha eng koʻp korxona Xonqa tumanida (3 ta) faoliyat koʻrsatgan.
Viloyatning Gurlan, Qoʻshkoʻpir, Xiva va Yangiariq tumanlarida 2 tadan shu turdagi korxonalar faoliyat yuritgan.
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligidagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarining 12 tasi qoʻshma, 4 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Axborot xizmati



