27/07/2026

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda umumiy hajmi  23,2  trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatildi.

2025-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda, oʻsish surʼati  116,3 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimidagi tahlillarga koʻra, viloyat boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning eng yuqori hajmi: Urganch shahrida – 4,9 trln soʻmni,

Xiva shahrida - 1,3 trln soʻmni,

Urganch tumanida – 1,0 trln soʻmni,

Xonqa tumanida – 0,9 trln soʻmni,

Hazorasp tumanida – 0,8 trln soʻmni tashkil etgan.

 

Eng yuqori oʻsish surʼati esa Xiva shahrida 155,6 % darajada qayd etilgan.

 

Axborot xizmati