04/08/2026

2026-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xoʻjaliklarda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi 12 435,2 mlrd soʻmni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga oshdi.

Yetishtirilgan asosiy turdagi dehqonchilik mahsulotlari (2025-yilning yanvar-iyuniga nisbatan oʻsish surʼati bilan):

donli ekinlar – 377,9 ming tonna (107,0 %)

kartoshka – 116,4 ming tonna (111,5 %)

sabzavotlar – 160,3 ming tonna (107,2 %)

poliz ekinlari – 51,2 ming tonna (126,0 %)

meva va rezavorlar – 147,0 ming tonna (101,1 %)

uzum – 16,8 ming tonna (102,8 %).

 

Axborot xizmati