Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Hazorasp tumani statistika boʻlimi boshligʻi boʻsh ish oʻrniga tanlov eʼlon qiladi.
Malakaviy talablar: Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish lozim.
Ish haqi 5 000 000 soʻmdan 10 000 000 gacha.
Sharoitlar:
- raqobatbardosh ish haqi va Jamoa shartnomasida keltirilgan ijtimoiy paket;
- Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq toʻliq bandlik;
- oʻz malakasini oshirish va xorijiy tillarni oʻrganishga imkoniyat;
- ishda AKT vositalari bilan toʻliq taʻminlanganlik.
Nomzodlar rezyumelarini (mutaxassislik diplomi nusxasi bilan) https://hh.uz/vacancy/135591503 sayti orqali joʻnatishlari mumkin.
Murojaat uchun manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri al-Xorazmiy koʻchasi 93-uy, viloyat statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish boʻlimi, tel raqami: +99897 517 09 30.
Axborot xizmati



