05/08/2026

2026- yil 6 oyida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan ovlangan baliq hajmi 12,6 ming tonnani tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 34,1 % ga oshdi.

Xoʻjaliklar kesimida eng koʻp baliq fermer xoʻjaliklarida yetishtirilgan boʻlib, 8,8 ming tonnani yoki jamiga nisbatan 69,3 % ulushni tashkil qildi.

Shuningdek,  dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida 0,6 ming tonna,  qishloq xoʻjaligini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 3,2 ming tonna baliq yetishtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida: respublikada koʻrilayotgan davrda 75,3 ming tonna baliq ovlangan boʻlib, shundan  16,7 %i viloyatimiz hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

 Axborot xizmati